FALSAFA / PHILOSOPHY Falsafa- ovutuvchi mezon!(philosophy is- calming meauserment) Falsafa -barcha narsa va hodisalarga umumiy qarashga o`rgatadi. Philosphy teaches us to look at objects and subjects generally.
### Avlodlarimiz bizga o`xshab ,,yaxshiyamki o`sha o`tgan qora zamonlarda yashamaganmiz,, -deb bizning zamonni nazarda tutishmasin. Avlodlarga yaxshi shaoritni ta`minlash uchun biz ma’sulmiz. ILOJ QANDAY TOPILADI? Iloji yo`q narsaning o`zi yo`q. Izoh va fikr: Barcha ilojsiz narsalarning yechimi iloji bor narsa bilan topiladi, shuning bilan birga o`sha ilojli narsa topilgandan keyin albatta yana boshqa ilojli narsa topiladi. Bu cheksiz davom etishi m-n. ,,Faqat ba`zi omillar kerak bo`ladi,, deysizmi? Omillarni tpish u-n VAQT k-k vaqt topish u-n qaysidir o`ylab qo`yilgan yumushdan voz kechish kerak bu cheksiz davom etaveradi… TANQIDCHI KIM? Tanqidchi faqatgina ob`yekt yoki sub`yekt haqidagi salbiy fikrlar bilan cheklanib qolmay balki, ular haqda ijobiy taraflarini erkin ochib berishi bilan qobiliyatli hisoblanadi. Qolaversa, salbiy va ijobiy fikrlarni chiroyli taqqosla olishi, hattoki o`z takliflarini mardona kirita bilishi kerak. Odamni odam chunishi uchun uning o`rniga o`zini qo`yib ko`rishi kerak.Komil Tanqidchi shu va shu kabi xislatlarni o`zida shakllantirgan bo`lishi kerak. Chunki, tanqid qilinayotgan inson o`z qilgan ,,ish,,ini (ba`zilardan tashqari) nimagadir asoslanib, ma`nbalarga tayanib bajargan bo`lishi aniq. Shuning uchun SAVOLLARGA JAVOB QANDAY TOPILADI? 1.Savolni to`gri eshitish 50% javobdir. 2.Savolni mohiyatini tushunish, 3.To`g`ri baholash, 4.Qaysi savol turiga kirishini bilish. Savol turlari: 1. TO TRANSLATE IN ENGLISH AND RUSSION. DUNYOQARASH Dunyoqarash-insonning tor, o`rta va keng darajada bo`ladigan kattaligidir, tushunchasidir. Dunyoqarashi yo`q kishi bo`lmaydi huddi umuman fikrlamaydigan odam bo`lmaganidak.
Outlook or Point of view- short, middle and wide thinking of humanity. There are not any people who has not her/his own point of view as nobody has her/his own opinion. VAQTDAN TEZROQ YURISH UCHUN… Vaqtdan tezroq harakat qilish uchun-yangilik qilish harakatida har doim birinchi bo`lish k-k va birinchi tarqatish k-k. shunda mana shu “vaqt” ataladigan mavhum birlikka o`zing aylanasan qolasan. 25.04.08. HIKMATLAR 1. BEKOR YURIB IBODAT QILMAGAN KISHI, ILM OLIB IBODAT QILGANI YAXSHI. 2. Ilmsiz, Hunarsiz bir kishi, Ochilmagan qalamga o`xshar. Ilmli, Hunarlining ishi, Ochilgan, O`tkir qalamla bo`lar (o`xshar) 3. UZOQ YASHASH UCHUN… Barvaqt turib, juda kech uxlagani yotish k-k, shunda umr uzunroq tuyuladi,lekin umr- qisqa bo`lsa ham mazmunli bo`lishi k-k. BIRINCHI MAQOLA “21-ASR TEXNIKA ASRI” BIZ TEXNIKAGA EMAS TEXNIKA BIZGA QUL BO`LIB XIZMAT QILISHI SHART! 000. Pastkash emas , tejamkor bo`l. Odamlar tejashga urinsalar atrofidagilar uni paskashga chiqaradilar…….. # Ahamiyatsiz, 2- darajali deb hisoblamayotgan fikrni 1- darajaga qo’yib korish kerak. Balki , shunda qaralaotgan masalaga yechim topilar… # ko’pchilikni qadimgi kattta faylasuflar o’zlari aytgan hikmatli so;zlariga, afarizmlariga qanday qilib behato amal qilganlari yoki barcha uchun umumiy bo’lgan fikrlarni aytib o’zlari amal qilib, hayotlari davomida hatoga qanday qilib yo’l qo’tmaganliklari qiziqtiradi. TANQID MAVZU: “Katta, uzun fikrni qisqa -2, 3 og’iz so’z b.n ifodalash m.n” Fikrni qisqa bayon etishkatta iste’dod va mahorat talab qiladi. Lekin, fikr qanchalikustalik, mohirlik b.n qisqa bayon etilmasin, uni tushunish uchun, baribir, ochib, tahlil qilib berishga to’g’i keladi. Bunga sabab, o’sha fikrni o’qiydigan, eshitadigan odam “mohiyatni tushunish” va “so’zdan (hikmatdan) ibrat olish” qobiliyatiga ega bo’lmasligida. Aslida ham tushunadiganlardan tushunmaydiganlar ko’p. boshqachasiga aytadigan bo’lsak, har bir so’z boshqvha qo’llanilishi va u umuman boshqa ma’noni bildirishi m.n
Fikr ifodalanayotganida albatta qaysi ma’noda kelayotgani, nima nazarda tutilayotgani ko’rsatib, ta’kidlanishi kerak.
### KO’PROQ NIMADAN CHO’CHISH KERAK? Vaqtni tejash uchun 2 ta ishni bir vaqtda bajaraman deb ikkala ishni ham bajara olmaslik mumkin. Buning ustiga, vaqt ham iki barobar ketib qolishi mumkin. Qaror qabul qilishdan oldin asosiy cho’chish kerak bo’lgan narsa shu. ### Muoammolarni o’zimizga bog’liq bo’lgan taraflarini tushunib, tahlil qilishimiz kerak. Shunda muammoni yechishga yo’l oydinlashishi mumkin. ### Odamzot fan-texnikadan qanchalik ildamlamasin, ma’naviyat atalmish qalb ilmi bo’lmasa, u o’zi yaratgan robotlardan farqi qolmaydi, farqi bo’lmaydi. ### Hech kim bir-biriga tanish bo’lmaganida, davlatning (jamiyatning) barcha sohalari a’lo darajada, qonuniy davom etgan va davom rtayotgan bo’lardi. ### TABIIYLIK - MUKAMMALLIKDIR. Misol uchun, bir farosatsiz bolaga obdon farosatli bo’lish haqida saboq berildi. U “farosatli kishiga” ga aylandi. Lekin, tug’ma farosatli kishi undan ustunroq. Chunki, uning qiladigan ishi tabiiy chiqadi. Saboq berilgan va keyinchalik farosat sohibi bo’lgan bolaga o’xshab aynan farosatli bo’lish kerakligidan emas, shunchaki vazifa tug’ma, tabiiy bajariladi (fanda shartli va shartsiz refleks kabi). Shuning uchun ham tug’ma qobiliyatli odamlar, o’sha qobiliyatga keyin erishgan odamlardan ustunroq hisoblanadilar. Oddiygina sportda ham tug’ma qobiliyatli sportchining natijalari, ko’rsatkichlari boshqa bir oddiy, tug’ma qobiliyatga ega bo’lmagan sportchinikiga nisbat yuqori bo’ladi, ko’p hollarda. Ikkala sportchining tana tuzilishi, og’irligi va boshqa jihatlari bir hil bo’lgan taqdirda tug’ma iste’dod sohibining imkoniyatlari kengroq…
### BAXT NIMA? BAXT BU- …… “Baxt bu baxtsizlikni yengshdir” (G’aybulla Xojiyev) Baxt nima degan savolga yuqoridagi fikr javobdir, hattto eng hayotiy javob ham shudir, lekin baribir bu odilona ta’rif umumiy. Undan osonroq, aniqroq va chuqurroq yondashishga harakat qilib qilib ko’rish kerak.
“Baxt nima?” degan savolga ko’p javab qidirilgan lekin, aniq bir javob yo’q va aniq bir ta’rif topilmagan. Chunki,baxt tushunchasini hamma har xil tushunadi. Masalan kimgadir puli ko’p bo’lib puldan g’ami yo’qligi baxt, kimgadir oilasi tinchligi, kimgadir kitob o’qishni o’zi yoki ilm olish baxtdir... har bir odamning baxt haqidagi tushunchasi, o’ylari har xil. Hattoki ba’zi odamlar baxt haqida o’ylab ham ko’rishmagan. Ko’pchilik desak ham noto’g’ri bo’lmaydi. Agar odamlar baxt nimaligini bilsalar yoki hech bo’lmasa o’ylashga harakat qilib ko’rsalar bir oz bo’lsada baxtni qadriga yetarlar. Baxtga aniq bir ta’rif bormi? Keling “baxt”ga ta’rif berishga urinib ko’ramiz. Baxt bu#kerkli odamligini his qilish baxtdir. #turmush o’rtog’ining munosabati yaxshikigi baxt. #oila tinchligi baxt. #yurt tinchligi baxt #uyqudan ko’zni ochib tirik ekanligimizni bilish, his qilish baxt #kimdir sani sevishini his qilib yashash baxt Qani aytingchi qaysi bir kriteriyani .bu baxt emas. deb chiqarib yubora olasiz? Hech qaysisini! Chunki, har biri bir birini o’rnini to’ldiradi. Demak: baxtga aniq bir ta’rif yoq. Agar bor bo’lsa mani aqlim yetmadi. ### Odamlarda ijobiy holat, vaziyatlarni eslab qolishga ko’ra, salbiy vaziytlarni eslab qolishga bo’lgan moyilligi kuchliroq. ### Taqdir unga shunchaki tez tan berganlarning ustidan kuladi. Taqdirga shunchaki tan berilmaydi. Taqdir bunga arzimaydi. (04.07.09) #TESKARI DUNYO# @ Tinchlik uchun urushiladi @ Haqiqatni isbotlash uchn yolg’on gapiriladi @ Hiyonat sevgini qadrini oshiradi @ Yomon borki yaxshining qadri bor.
### Har bir shaxs o’zining spetsifika (o’ziga xoslik)siga ega bo’lmas ekan, uni mustaqil deb atash m.n emas.
### BILIMLI VA BILIMSIZ KISHI FARQI Bilimli- ichi suvga to’la payola yo humga o’xshaydi. Ursangiz yo’g’on va qisqa ovoz chiqaradi.
Bilimli ham bo’ladigan gappi gapiradi va kam gapiradi. Bilimsiz ichi bo’sh payola yoki hm ga o’xshaydi. Ursangiz ingichka va uzun ovoz chiqaradi. Bilimsiz ham ahmoqona gapiradi va ko’p gapiradi.
### O’qishni emas, yaxshi o’qishni gashti bor.
### ILMNI QUDRATI Ilm o’rganish burch. O’rganish bu- aqlga, miyyaga joylash demakdir. O’sha ilmni to’g’ri ishlatish, vijdonan foydalanish uchun faqat miyyaga joylashning o’zi kamlik qiladi. Ilmni qalbga ham joylasak, uning kuchi- qudratga ayladi.
### Inson hoshiyali daftarga yozayotganda o’zi istamagan holda hashiyadan chiqib ketishi mumkin. Rahbarlarga nisbatan tanqid qilayotganlar shunarsani tushunib olishlari kerak.
### Eng yaxshi maslaxatchi bu- qalb. Qalb esa odamni o’zida, ichida bo’ladi. Demak, odamgs o’zidan boshqa yaxshi maslaxatchi yo’q. faqat qalbdan maslaxat olayotganda hissiyotga berilib qolishdan ehtiyot bo’lish kerak.
### STIMUL Maqsadning kundalik faoliyat mezoniga aylanishi stimul deyiladi.
### Qozon qalin bo’lishi kerak yoki olov past bo’lishi kerak. Aks holda, ovqat agiga oladi. IZOH: qaynona ma’nili bo’lishi kerak yoki kelin samimiy, fazilatli bo’lishi kerak. Aks holda, Turmush buzilishi mumkin.
###
Ba’zi odamlarga, qanday fasl bo’lmasin(ayniqsa yozda) “dam olishga chiqish kerak” degan fikr o’rnashib qolgan. Bunday dam olishdan bir nechta maqsadlar bo’lishi mumkin. Masalan: ishlab charchashdan so’ng, oilani bola-chaqani aylantirib kelish bir xillik zeriktirganda majburlikdan, shunchaki aylanib kelish va hokozo. Meni o’ylantirayotgan narsa shuki, ba’zi odamlar hech nimadan hechnima dam olishga chiqqisi keladi, vaholangki ular hech qanday damga muhtojlik sezmaydi balki, ularning miyyasiga qandaydir mavsumda albatta o’sha “dam olishga chiqish” yozilib qolgan. As for me, Agar menga yuklatilgan biror bir vazifani a’lo darajada bo’lmasada meni shaxsan qoniqtiradigan darajada bajarsam, ketgan vaqtimga achinish his qilmasam, menga hech qanday damning keragi yo’q.
### MAKTAB- zavod STANOG- o’qituvchi MAHSULOT- o’quvchi SIFATLI MAHSULOT- a’lochi o’quvchi SIFATSIZ MAHSULOT- o’qimaydigan o’quvchi SIFATSIZ MAHSULOTNI QAYTA ISHLASH- o’qimaydigan o’quvchi bilan alohida ishlash Sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun: 1. homashyo asl bo’lishi 2. stanog sifatli bo’lishi kerak.
### Qoniqrli, na’munali ish qilish uchun 2ta narsa to’q bo’lishi kerak. Birinchisi, qorin, ikkinchisi ko’ngil. ### Ko’ngilga istalgan narsani sig’dirish uchun yo haddan tashqari befarq yoki umuman muammolardan holi bo;lish kerak ### Ilm olishga qaror qilgan odam joy tanlamaydi.
### Taqdirga tan berish iroda mustahkam emasligini bildiradi
### Ortiqcha kulgi bor joyda qandaydir ong pastlilikning hidi keladi ### Fikrlar, takliflar, maslahatlar xilma hilligi bo’lganda ular orasidan optimal variantni tanlash uchun biroz mahorat kerak. Aks holda, bir qarorga , bir to’xtamga kelish ancha qiyin bo’ladi. ### Ixtirochilar bor narsani yuzaga chiqaradilar holos. Ular faqatgina biz ilg’amagan narsalarni Hudo bergan farosatlari, qilgan mehnatlari va sarflagan vaqtlari evaziga yuzaga chiqaradilar . ### O’zimizga bog’liq bo’lmagan barcha narsalarni o’zgartirish mumkin. Muammo qaysi narsa bizga bog’lag’-u, qaysilari bog’liq emasligini ajratishda. ### Shart sharoit bilan birga muhitni shakllantirish kerak.
### Qarorning qanday bo’lishi qaror chiqaruvchining kayfiyatiga va u qanday sharoitda turganiga bog’liq. Agar huddi shu vaziyat takrorlansa-yu lekin kayfiyat boshqach bo’lsa, qaror boshqacha bo’lishiyam mumkin.
### Aynan ,,zakovat,, intellectual o’yini har qanday savolga javoblar qanday bo;lishidan qat’iy nazar, aniq berishga, fikrni to’g’ri qurishga, tez va to’g’ri qaror qabul qilishga o’rgatadi.
### Har qanday g’oya qog’zda shunchaki g’oyaligicha qolib ketmasligi kerak. ### Faylasuflar o’zlari aytgan ishiga amal qilish uchun ham yolg’izlikni hush ko’rishadi.
### Matematika men uchun shunchaki alamli xotira. ### Doim g’oyalar, fikrlar bilan yashab biror narsaga erishib bo’larmikin..? Odamlarning o’ylagan ba’zi g’oya va fikrlari amalga oshmagani uchun ba’zi jabhalarda muvozanat yo’q. ### Odatda varrakni shamol esayotgan yo’nalishga qarshi tutib uchirishadi. Agar o’sha varrakni shamol yo’nalishi bo’ylab uchirsa u uchmaydi. Shu usul bilan varrakni uchirish uchun shamoldan tez harakat qilib, shamolni varrak yuzasiga varrakni uchira oladigan darajada tezlanish kerak.
### Vaqt bu materiyaning ishlab chiqaradigan energiyasi. (noAuthor) ### Birxillik odamni zeriktiradi. Masalan, hadeb bir musiqani tinglashdan zerikish mumkin, bir ishni qayta qilaverishdan zerikish mumkin. Oqibatda, kayfiyat tushadi va haligi ishlar jonga tega boshlaydi.
### Maqsadsizlik zeriktiradi.
### Jahl vaqtida tiyilmasa, keyin o’sha jahldarning o’ziga qurol bo’ladi.
### Ba’zilar g’ururlari yo’l qo’ymaganidan arazlaydi. Ko’pchilik o’ziga e’tibor qaratish uchun arazlaydi . ulardan samimiylik uzoq bo’ladi.
### Bola tarbiyasida berilgan har qanday mayda e’tibor kelajakda uning katta yutuqlariga sabab bo’lishi mumkin. ###